Marokash bosh murabbiyi: "Ispaniya Argentinaga qarshi maydonda necha nafar futbolchi bilan o'ynaganiga qiziqdim"

Tolibjon Qosimov
28 mar 2018
Marokash bosh murabbiyi Erve Renar O'zbekiston mag'lub etilganidan keyin matbuot anjumanida ishtirok etdi.

Unda Renar mundialdagi bo'lajak raqibi Ispaniya haqida ham gapirdi.

"Matbuot anjumaniga kirishdan oldin Ispaniya terma jamoasining tarkibiga qaradim va uchrashuvda ularning tarkibida necha nafar futbolchi o'ynaganiga qiziqdim. Ular maydonda 12 nafarmidi yoki 13.

Barcha ushbu termaning saviyasi qanday ekanligini biladi. Bu JCH-2018ga g'oliblik uchun boradigan jamoa. Bu top jamoa emas, supertop jamoa".


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: marca.com