Markinos PSJ bilan shartnomasini 2024 yilga qadar uzaytirdi

13 yanv 2020, 23:55
PSJ klubi rasmiy sayti jamoa himoyachisi Markinos bilan shartnoma uzaytirilganligini ma'lum qildi.

25 yoshli braziliyalik futbolchi yangi kelishuvga muvofiq 2024 yilning 30 iyuniga qadar parijliklar safida to'p tepadi.

Markinos PSJ tarkibida 2013 yildan buyon to'p tepib kelmoqda. U francuz klubi safida 270 ta o'yinda maydonga tushgan, 20 ta gol urib, 7 bor golli uzatmani amalga oshirgan. Futbolchi shuningdek klubi bilan 19 ta sovrinni qo'lga kiritishga ulgurgan.


Manba: ПСЖ расмий сайти