Marketing Deportivo: 2016 yil yozidan boshlab Neymar Ronalduning o'rniga Nike "yuzi"ga aylanadi

Narzulla Saydullayev
28 noya 2015
Sport atributikasini ishlab chiqaruvchi Nike kompaniyasi Barselona hujumchisi Neymarni Rio-de-Janeyrodagi Olimpiada o'yinlariga kompaniya yulduziga aylantirmoqchi.

Nike JCH-2014dan oldin ham Neymarni brendning "yuzi" qilmoqchi bo'lgandi, ammo Krishtianu Ronaldu bu nomni qo'lga kiritgandi.

Braziliyadagi ikkinchi yirik musobaqa va mavsum startidagi Neymarning ajoyib o'yinlari tufayli Nike 23 yoshli futbolchiga e'tibor qaratdi. Marketing Deportivo nashri xabariga ko'ra, 2016 yil yozida Neymar katta ehtimol bilan kompaniya "yuzi"ga aylanadi.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: marketingdeportivomd.com