Markaziy Osiyo. Qozog'istonda peshqadam ochko yo'qotdi, Qirg'iz Respublikasida kubok yarim finalchilari ma'lum, Turkmanistonda "Arkadag'" 3 ta gol o'tkazib yubordi

Оқил Абдубарноев
2 iyul 2025
Markaziy Osiyo mamlakatlari musobaqalari bilan tanishtirishda davom etamiz.

QOZOG'ISTON

Qozog'iston chempionatida 14-tur o'yinlari yakunlandi. Unda quyidagi natijalar qayd etildi:

Ulitau – Jetisu – 1:2

Atirau – O'kjetpes – 0:0

Turan – Aktobe – 0:3

Tobil – Jenis – 2:2

Qaysar – Elimay – 1:2

Ordabasi – Qayrat – 0:1

Astana – Qiziljar – 3:3

Turnir jadvalida Astana peshqadamlik qilmoqda. Qayrat bir ochko ortda qolgan holda eng yaqin taqibchi bo'lib turibdi.

Shuningdek, turning ramziy jamoasi e'lon qilindi:

Xatkevich (Atirau), Odeoibo (Elimay), Kiki (Aqtobe), Jumaxanov (Elimay), Vetejelu (Aqtobe), Usenov (Aqtobe), Maykom (Elimay), Chesnokov (Tobil), Gromiko (Qayrat), Payruz (Elimay), Bolov (Jetisu)

To'purarlar ro'yxatida Qayratning yosh forvardi Dastan Satpaev 8 ta gol urgan holda peshqadam bo'lib turibdi. 

15-tur uchrashuvlari 4–5 iyul kunlari o'tkaziladi.

TOJIKISTON

O'zbekistonlik futbolchilar

Hamidullo Abduhakimov, Sardor Xursandov, Mirjalol Qosimov, Sanjar Rixsiboev, Diyor Shavqiev, Izzatilla Tursunov, Zoir Tursunov (barchasi – Esxata); Suxrob Berdiev, Bobur Qosimov, Abdujalil Manazarov, Mirzohid Mirzomahmudov, Jahongir Safarov, Sardor Saidov, Shahzod Shamsiddinov (barchasi – Istaravshan); Zafar Ismoilov (Hulbuk); Firdavs Abdusalimov, Asiljon Begimqulov, Islom Toshpo'latov (barchasi – Xo'jand); Ayubxon Alimov, Rustam Qo'chqorov (barchasi – Panjsher).

Tojikistonda 13-tur o'yinlari yakunlandi. 20 iyun kuni start olgan tur o'yinlari 28 iyun kuni nihoyasiga etdi. Istiqlol mazkur turda Regar TadAZ maydonida 2:1 hisobida g'alaba qozondi. Turnir jadvalida KMVA va Vaxsh 27 ochkodan to'plagan holda yetakchilik qilmoqda. Istiqlol bitta kam o'yin o'tkazgan holda 3-o'rinda bormoqda.

 

QIRG'IZ RESPUBLIKASI

O'zbekistonlik futbolchilar

Abdug'ani Kamolov (Abdish-Ata), Ismoil Abdurakhmonov, Sarvar Ablaev, Jamshid Kobulov, Eldor Mamatkazin, Mirzohid Mamatxonov, Nuriddin Nuriddinov, Muhammadali Tursunov (barchasi – Alay); Azamat Maksumov, Timur Nabiev (barchasi – Asiagol); Dadaxon Yusupov (Ilbirs), Sherzod Abdullaev (Qirg'izoltin), Aziz Kosibxonov (Muras Yunayted), Farhod Mirahmadov, Sirojiddin Bashriddinov (Neftchi), Xushnud Bozorov, Rustam Quchqorov, Shohruhbek Muratov, Otabek Mo'minov, Ismoilxon Oxunxonov, Akmal Rahimov, Shukurjon Rustamjonov, Maradona Safarov, Behruz Shodmonov, Andrey Sidorov, Saidumar Sodiqov, Jasurbek Umrzoqov (barchasi – O'shMU-Aldier); Islom Abdullaev, Izzatilla Abdullaev, Jahongir Qushoqov, Javohir Sohibov (barchasi – O'zgan), Ulug'bek Sharipov, Nurmuhammad Toshpo'latov (barchasi – Talant).

Qirg'iz Respublikasida 13-tur o'yinlari davom etmoqda. Tur bugun o'z nihoyasiga etadi. Muras Yunayted turnir jadvalida yetakchilik qilmoqda, Alay eng yaqin taqibchi bo'lib turibdi.

Shuningdek, kubok yarim finalchilari va bellashuvlar o'tkaziladigan sanalar ma'lum bo'ldi.

15 iyul

Bishkek Siti - Muras Yunayted

Dordoy - Alay

20 iyul

Muras Yunayted - Bishkek Siti

Alay - Dordoy

TURKMANISTON

Turkmaniston chempionatida o'tgan hafta 9-tur, ushbu hafta esa 10-turning qoldirilgan o'yini o'tkazildi va unda Arkadag' Altin Asirni 7:3 hisobida mag'lub etib, g'alabali seriyasini davom ettirdi. Turnir jadvalida 2-o'rinda borayotgan Axal peshqadamdan 14 ochko ortda qolmoqda.


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: championat.asia