Mario Gyotce faoliyatini "Milan"da davom ettirishi mumkin

Alisher
31 may 2022
PSV yarim himoyachisi Mario Gyotce yozgi transfer oynasida klubini o'zgartirishi mumkin.

29 yoshli nemisga "Benfika" va "Milan" qiziqish bildirmoqda. Italyan klubi vakilalri futbolchining agenti bilan muzokaralar olib borishmoqda.

Yarim himoyachining PSV bilan shartnomasidagi tovon puli 4-5 million evroni tashkil etadi.

Gyotce 2021/22 yilgi mavsum PSV tarkibida 52ta o'yinda maydonga tushib, 12t gol va 11ta assist qayd etdi. Transfermarkt uni 12 million evroga baholamoqda.


AlisherMuallif
Manba: Sport1