Mario Balotelli "Nant" qiziqishlari doirasiga tushib qoldi

Alisher
15 okt 2020, 12:50
"Breshia" sobiq hujumchisi Mario Balotelli "Nant"ga o'tishi mumkin.

Fransiya klubi o'yinchi borasida aniq taklif berdi va Balotellining qarorini kutmoqda.

Balotelli "Breshia"ga 2019 yilning yozida "Marsel"dan erkin agent maqomida o'tgandi. 29 yoshli hujumchi o'tgan mavsum Italiya chempionati doirasidagi 19ta o'yinda maydonga tushib, 5ta gol urishga erishdi.

"Nant" esa Fransiya chempionatida 6 turdan so'ng 5 ochko to'plagan holda jadvalning 16-o'rnida bormoqda.


AlisherMuallif
Manba: Calciomercato