Marat Miftaxutdinov: Oliy va birinchi liga o'rtasida katta farq bor

Narzulla Saydullayev
1 iyun 2017
O'zbekiston kubogi 1/8 final bosqichidan o'rin olgan “Mashal” – “Yozyovon-Lochinlari” qarama-qarshiligining bugun javob bahsi bo'lib o'tdi.

Har ikki o'yin natijasiga ko'ra gazchilar keyingi bosqichga yo'l oldi. O'yindan so'ng tashkil etilgan matbuot anjumanida mezbonlar texnik direktori  Marat Muftaxutdinov ishtirok etib, o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

- Oliy va birinchi liga o'rtasida katta farq bor. O'ylaymanki “Yozyovon-Lochinlari” jamoasi hali o'zini O'zbekiston birinchiligida ko'rsatadi.
Bugungi bahsda esa men ularni tushunaman  10 soat yo'l bosib, uchrashuv boshlanishiga yarim soat vaqt qolganida stadionga kelgan jamoa  bugungi o'yinda maksimal darajada harakat qilib,  barcha ishni qildi. Ularga kelgusida omad tilayman  - deydi Marat Valentinovich.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcmashal.uz