Manuel Pellegrini: "Teng o'yinda mag'lub bo'ldik"

Narzulla Saydullayev
5 may 2016
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Manuel Pellegrini "Real"ga qarshi o'yindan so'ng (0:1) o'z fikrlarini bildirdi.

- U qadar ko'p vaziyat sodir etilmagan, teng o'yinda mag'lub bo'lganimizdan xafaman. Ikkala jamoada ham alohida bitta futbolchi natijaga ta’sir qilgani yo'q. Bunchalik erta himoyachini almashtirish doim yoqimsiz. Biroq shunga qaramay himoyada muammo bo'lgani yo'q. "Real"da ham, bizda ham vaziyat yaratish borasida muammolar bo'ldi. Ularda gol urish uchun u qadar ko'p vaziyat bo'lgani yo'q, - deydi Pellegrini UEFA rasmiy saytiga.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: uefa.com