Mansur Saidov: “Yigitlar “Lokomotiv” bilan o'yinning qiymati yuqori ekanligini tushunib turibdi”

Narzulla Saydullayev
7 avg 2015
Kuni-kecha Farg'onada “Neftchi” rasmiylari va ishqibozlar o'rtasidagi o'tgan ochiq mulokotda jamoaning vice sardori Mansur Saidov ham ishtirok etdi.

Yoshi ulug' otaxon ishqiboz Saidov tomon savol berar ekan jumladan shunday dedi: - Mansur jamoada sen bilan Akmal Xolmatovni o'rni katta. Jamoamizning o'yini ko'pincha shu ikki futbolchiga bog'liqligini bilamiz. “Lokomotiv” bilan o'yin 3 ochko emas balki, 30 ochkolik desa ham bo'ladi. G'alabaga umid qilsak bo'ladimi?

- Albatta. Navbatdagi bahs qiyin kechadi. Lekin biz o'z muxlislarimiz qarshisida o'ynaymiz. Sizlarning qo'llab-quvvatlashlaring juda muhim. Yigitlar astoydil hozirlik ko'rmoqda. “Lokomotiv” bilan o'yinning qiymati yuqori. Buni juda yaxshi bilamiz. O'z maydonimizda muxlislarni g'alaba bilan xursand qilishga bor kuchni beramiz – deydi Mansur Saidov.

Eslatib o'tamiz, Mansur Saidov oliy liganing 15-turidan so'ng ikki o'yinga diskvalifikaciya qilingandi. Shu bois u ertangi bahsda ham jamoasiga yordam bera olmaydi.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia