Manchini intervyu vaqtida unga qo'pollik qilgan jurnalist ayolga guldasta jo'natdi
Aslanov Jasurbek
3 fev 2016
"Milan"ga qarshi o'yindan so'ng Mediaset telekompaniyasi jurnalist ayoli Mikaela Kalkanoga intervyu chog'ida uning savollarini ahmoqona deb atagan "Inter" bosh murabbiyi Roberto Manchini o'sha xonimdan uzr so'radi.
Bu voqeadan so'ng Italiya jurnalistlar ittifoqi 51 yoshli murabbiyning o'zini tutishi borasida rasmiy ariza bergan.
Ma'lumotlarga ko'ra, Manchini Kalkanodan uzr so'radi va unga guldasta jo'natdi.