Manchini "Inter"ning xitoylik sarmoyadorlarga sotilishidan norozi

Aslanov Jasurbek
1 iyun 2016
"Inter" bosh murabbiyi Roberto Manchini klub xitoylik sarmoyadorlarga pullanishidan norozi.

Oldinroq investorlar iyun oxirida klubning 70% akciyasini sotib olishi ma'lum bo'lgan edi.

52 yoshli mutaxassisning fikricha, bu qaror bilan "Inter" Yevropadagi yetakchi klublar safiga kira olmaydi. Bundan tashqari, Manchini bu haqda oldindan ogohlantirishmaganlaridan xafa.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: La Gazzetta dello Sport