"Manchester Yunayted" va "Inter" "Napoli" yetakchisi uchun kurashishadi

Sherzod Nurmatov
12 okt 2021
"Napoli" va Italiya terma jamoasi hujumchisi Lorenco Insinega "Manchester Yunayted" va "Inter" tomonidan qiziqish bor.

Manbaning xabar berishicha, keyingi yozda futbolchining neapolliklar bilan shartnomasi tugagach, klublar uni xarid qilishga urinib ko'rishadi.

Shunday qilib, 30 yoshli o'yinchi klubini tekinga almashtirishi mumkin.

Insine joriy mavsumda "Napoli" uchun 9 o'yinda 2 ta gol urdi va 3 ta golli pas uzatdi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Football Italia

O'xshash yangiliklar