"Manchester Yunayted"ning sobiq futbolchisi: "Klopp - yangi Fergyuson"

Mirjalol Normatov
6 yanv 2020
"Manchester Yunayted"ning sobiq futbolchisi Dion Dablin murabbiylar Yurgen Klopp hamda Aleks Fergyuson o'rtasida o'xshashlik borligi haqida gapirdi.

"Yurgen Klopp yangi Aleks Fergyusonga o'xshaydi. U jamoani pastdan tepaga olib chiqmoqda. U o'z akademiyasiga asosiy jamoasi kabi e'tibor bermoqda.

Endi esa "Liverpul"ni mag'lub etib bo'lmasdek. Ayni damda Klopp shunday jamoa tuzdiki, buni boshqachasiga kuchaytirishni iloji yo'q", - dedi Dablin.

Dablin 1992-1994 yillar davomida "Manchester Yunayted" sharafini himoya qilgan.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Radio 5 Live