"Manchester Yunayted"ga "Lans" futbolchisi kerak

Mirjalol Normatov
19 iyul 2022
"Lans" futbolchisi Jonatan Klauss "Manchester Yunayted" qiziqishlari doirasida.

"Evening Standard" xabariga ko'ra, ingliz klubi uni yozdayoq o'z tarkibiga qo'shib olmoqchi. Unga bunga qadar "Chelsi" va "Marsel" jamoalari ham qiziqish bildirgandi. "Transfermarkt" portali Klaussni 15 million evroga baholagan.

O'tgan mavsumda 29 yoshli futbolchi chempionatning 37 o'yinida qatnashib, 5 gol va 11 assist qayd etdi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Evening Standard