"Manchester Yunayted"ga 21 yoshli futbolchi kerak

Khoja
22 avg 2025
"Manchester Yunayted" "Kristal Pelas" yarim himoyachisi Adam Uortonga qiziqishni davom ettirmoqda.

"Qizil iblislar" 21 yoshli futbolchi orqali markazni mustahkamlashni maqsad qilgan.

Manchester jamoasi 21 yoshli futbolchi uchun 60 million funt to'lashga tayyor. Biroq "Kristal Pelas" yosh iqtidor sohibini sotmoqchi emas.

O'tgan mavsum Adam 27 ta uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta golli uzatma amalga oshirgan. Uning "Kristal Pelas" bilan tuzgan shartnomasi 2029 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.


KhojaMuallif
Manba: skysport