"Manchester Yunayted"da yilning eng yaxshilari aniqlandi

Mirjalol Normatov
10 may 2019, 03:04
Bugun "Old Trafford"da "Manchester Yunayted"ning mavsumdagi eng yaxshi futbolchilari ma'lum qilindi.

Unga ko'ra, "Yunayted"ning mavsumdagi eng yaxshi yosh futbolchisi sifatida Meson Grinvud etirof etildi.

Yilning eng chiroyli goli sifatida Andreas Pereyraning goli tan olindi.

Nihoyat, "Manchester Yunayted"ning ushbu mavsumdagi eng yaxshi futbolchisi deb Lyuk Shou tan olindi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: MUTV