"Manchester Yunayted" yangi darvozabon topdi

Alisher Ostonov
6 iyun 2025
"Manchester Yunayted" "Aston Villa" darvozaboni Emiliano Martinesning xizmatlariga qiziqish bildirmoqda.

Qayd etilishicha, transferga Birmingem jamoasining yuqori moliyaviy talablari to'sqinlik qilishi mumkin. Shuningdek, Martinesga "Barselona" ham qiziqish bildirmoqda.

Emiliano Martines yakunlangan mavsumda 53ta o'yin o'tkazdi va ularda 61 ta to'p o'tkazib yubordi. Shuningdek, argentinalik 16 ta "quruq" o'yin o'tkazgan. Transfermarkt portali futbolchini 20 mln evroga baholamoqda.


Alisher OstonovMuallif
Manba: Tyc Sports