"Manchester Yunayted" yana bir o'yinchisi bilan shartnomani uzaytirdi

Tolibjon Qosimov
5 iyul 2019, 16:31
"Manchester Yunayted" va yarim himoyachi Andreas Pereyra yangi shartnoma borasida kelishuvga erishdi.

Shartnoma 2023 yilning iyun oyiga qadar mo'ljallangan. Uni avtomatik tarzda yana bir yilga uzaytirish mumkin.


"Andreas - akademiyamiz tarbiyalanuvchisi va u MYUda o'ynash nimaligini biladi.

Andreas maydon markazidagi qattiq mexnati evaziga jamoaning muhim a'zosi bo'la oldi.

U mashg'ulotlarda to'xtovsiz ishlaydi, xarakteri yaxshi va kelajakdagi o'sish uchun nima qilish kerakligini biladi", - dedi jamoa bosh murabbiyi Ole-Gunnar Sulsher.


O'tgan mavsum 23 yoshli futbolchi Angliya chempionatida 15ta o'yin o'tkazdi va bitta gol urdi.


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: manutd.com