"Manchester Yunayted" va "Real" Makedoniyaga uchib ketdi (foto)

Aslanov Jasurbek
7 avg 2017
Ertaga Makedoniyaning Skope shahrida "Real" hamda "Manchester Yunayted" o'rtasida UEFA Superkubogi uchun bahs o'tkaziladi.

"Manchester Yunayted"ning Premer-ligadagi mavsumi yakshanbada boshlanadi, biroq ular futbol mavsumini ertadan boshlab olishadi. "Qizil iblislar" Yevropa ligasi g'olibi sifatida Makedoniyadagi Skope shahrida bo'lib o'tadigan UEFA Superkubogida ishtirok etadi. Dushanba kuni tongda Joze Mourinyo shogirdlari sovrin uchun bahs bo'ladigan Skope shahriga uchib ketishdi.









"Real" yulduzi Krishtianu Ronaldu o'zining sobiq jamoasi "Manchester Yunayted"ga qarshi UEFA Superkubogi uchun bo'ladigan bahsda ishtirok etishi mumkin. Bugun "Qirollik klubi"ning Superkubokda ishtirok etadigan qaydnomasini e'lon qildi, unda yaqinda mashg'ulotlarga qo'shilgan portugaliyalik ham bor.



"Real" ham dushanba kuni Makedoniya tomon uchib ketdi.













Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Daily Mail