

42-daqiqada mehmonlar yarim himoyachisi Kevin Shade maydondan chetlatildi, ammo bu "Brentford"ning 45+1 daqiqada Dango Ouattaraning goli orqali hisobni ochishiga halal bermadi. "Aston Villa" shundan so'ng butun o'yin davomida raqib darvozasiga hujumlar qildi, ammo birorta ham gol ura olmadi.
MYU dastlab Kazemiro (19-daqiqa) va Mateus Kunyaning (56) gollari evaziga hisobni ishonchli ko'rinishga keltirdi. Ammo, 85-daqiqada Raul Ximenes (penaltidan) va 90+1 daqiqada Kevin gol urib, hisobni tenglashtirdi. Zaxiradan maydonga tushgan Benjamin Sheshko 90+4 daqiqada raqib darvozasini ishg'ol etib, "qizil iblislar"ga g'alaba taqdim etdi.
"Aston Villa" 24-turdan so'ng 46 ochko bilan uchinchi o'rinda, "Manchester Yunayted" esa 41 ochko bilan to'rtinchi o'rinda bormoqda.
1 fev 2026, 19:00
Aston Villa — Brentford

0 – 1
Tugadi



1 fev 2026, 19:00
Manchester United — Fulham

3 – 2
Tugadi





