"Manchester Yunayted" sobiq futbolchisi va Yevropa chempioni Nani faoliyatiini yakunladi

Omonjon To`xtamirzayev
9 dek 2024
Portugaliya termasi va "Manchester Yunayted" sobiq futbolchisi Nani faoliyatini yakunlaganini ma'lum qildi.

"Men professional faoliyatimga yakun yasashga qaror qildim, xayrlashish vaqti keldi. Bu 20 yildan uzoqroq davom etgan o'zgacha sayohat edi va undan unutilmas xotiralar qoldi, bu yo'lda meni qo'llab-quvvatlagan har bir insonga minnatdorchilik bildiraman. Endi esa yangi hayot boshlab, yangi maqsadlarga e'tibor qaratish vaqti keldi. Tez orada ko'rishguncha!", - dedi Nani.

Evro-2016 chempionining oxirgi klubi "Eshtrela" edi. 


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: championat.asia