"Manchester Yunayted" sobiq futbolchisi: "Jeydon Sancho Erik ten Hagdan kechirim so'rashi kerak"

Sherzod Nurmatov
29 sen 2023, 12:50
Mashhur murabbiy va "Manchester Yunayted" sobiq futbolchisi Stiv Bryus Jeydon Sancho va Erik ten Hag o'rtasidagi mojaro haqida to'xtalib o'tdi.

"Bu muammoni hal qilishning yagona yo'li – murabbiy oldiga borib, kechirim so'rash. Keyin esa jamoadoshlardan uzr so'rash lozim.

Ijtimoiy tarmoqlarga kirib, murabbiyni tanqid qilib o'tirish kerak emas. Axir, u xo'jayin va qarorlarni o'zi qabul qiladi. Hech bo'lmaganda unga nisbatan hurmat bo'lishi kerak.

Qoida hamma uchun bir xil bo'lishi kerak. Ten Hag kelganidan beri principial yo'l tutmoqda. U bunday xatti-harakatlarga toqat qilmaydi", – dedi Bryus.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Manchester Evening News