"Manchester Yunayted" RPL to'purarlaridan biriga qiziqib qoldi va Sulsher uni qishda klubda ko'rmoqchi

Eldor Akmurzayev
4 okt 2019, 23:30
Krilya Sovetov forvardi Aleksandr Sobolev Manchester Yunaytedning transfer nishonlari ro'yxatiga kirdi.

22 yoshli hujumchining xizmatlariga shaxsan qizil iblislar ustozi Ole Gunnar Sulsher qiziqib qolgan, deya xabar beradi The Sun.

Mankunianliklar futbolchini bo'lajak qishki transfer oynasida qo'lga kiritmoqchi. Manbaga ko'ra, Krilya Sovetov rahbariyati hujumchini 15 mln. funt evaziga sotishni reja qilmoqda. Shuningdek, rossiyalik forvardni Turkiya klublari ham kuzatib borishmoqda. 

Sobolev joriy mavsum RPLning 11 bahsida qatnashib, 8+3 natijaga erishdi. 


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: The Sun