

Fabricio Romanoning so'zlariga ko'ra, mankunianliklar "Tottenxem" bilan 26 yoshli himoyachini sotib olish bo'yicha og'zaki kelishuvga erishgan. "Yunayted" futbolchini ijaraga oladi, hozirda u yangi klubida tibbiy ko'rikdan o'tmoqda.
Qayd etilishicha, kelishuv "Manchester Yunayted"ga yanvar oyida futbolchining ijarasini bekor qilish imkonini beruvchi variantni o'z ichiga oladi. Oldinroq ma'lum bo'lishicha, "Chelsi" ushbu band tufayli Mark Kukurellyani "Yunayted"ga qo'ymagandi.
26 yoshli futbolchi Transfermarkt portali ekspertlari tomonidan 10 million evroga baholanmoqda.



