"Manchester Yunayted" PSJ futbolchisiga qiziqmoqda

Alisher
17 yanv 2020
PSJ himoyachisi Toma Myone faoliyatini APLda davom ettirishi mumkin.

Xabarlarga qaraganda, "qizil iblislar" futbolchini o'tgan yozda xarid qilishga urinib ko'rishgan edi, ammo bitim yakunda imzolanmay qolgandi.

Myone mavsum so'nggida erkin agentga aylanadi, shu sabab u "Manchester Yunayted"ga tekinga o'tishi mumkin.

28 yoshli futbolchi joriy mavsum Fransiya chempionatida 12ta o'yinda maydonga tushib, 1ta assist qayd etdi.


AlisherMuallif
Manba: Le Parisien