"Manchester Yunayted" Olli Uotkinsni sotib olmoqchi

Omonjon To`xtamirzayev
16 may 2024
Manchesterliklar Birmingemliklar to'purarini o'z saflarida ko'rishmoqchi.

Klubdagilar forvard jamoa hujum chizig'ida Rasmus Xeylund bilan ajoyib tandem hosil qiladi, deb hisoblashmoqda.

Angliyalik joriy mavsum barcha musobaqalarni inobatga olganda, 52 uchrashuvda maydonga tushib, 27 ta gol urdi va 13 ta golli uzatma etkazib berdi. 

"Transfermarkt" portali Uotkins transferini 65 mln evroga baholamoqda.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: talkSPORT