"Manchester Yunayted" Naynggolan uchun 45 mln. evro to'lashga tayyor

Aslanov Jasurbek
27 iyun 2017, 14:16
"Roma" yarim himoyachisi Raja Naynggolan avvalgidek "Manchester Yunayted" qiziqishlari doirasida.

Mankunianlar bosh murabbiyi Joze Mourinyo klub rahbariyatini 29 yoshli futbolchi uchun 45 mln. evro ajratishga ko'ndirdi.

Raja Naynggolan "Roma"da qolgan bo'lardi, biroq tomonlar shartnoma uzaytirish borasida kelisha olishmadi. Rimliklar belgiyalik uchun yiliga 4 mln. evro to'lashga tayyor emas, MYU esa har mavsum 7,5 mln. evro to'lashga tayyor.

Oldinroq futbolchining o'zi "Manchester Yunayted"ning qiziqishi haqidagi ma'lumot haqiqat bo'lishi mumkinligini aytgan edi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Gazzetta dello Sport