"Manchester Yunayted" Marsyalni "Sevilya"ga ijara qo'yib yubormadi

Alisher
29 dek 2021
"Manchester Yunayted" "Sevilya"ning hujumchi Antoni Marsyalni mavsum so'nggiga qadar ijaraga olish borasida taklifini rad etdi.

Ispan klubi forvardning haftalik 150 ming funt maoshining yarmini to'lashga tayyor edi.

MYU 26 yoshli fransiyalik o'yinchining maoshini to'liq to'laydigan klubga uni qo'yib yuborishga rozi.

Marsyal 2021/22 yilgi mavsum "qizil iblislar" tarkibida 10ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol urishga erishdi.


AlisherMuallif
Manba: Sky Sports