"Manchester Yunayted" klubi shifokorlarga 60 ming bepul tushlik etkazib beradi

Tolibjon Qosimov
1 may 2020
"Manchester Yunayted" klubi koronavirus bilan kurashayotgan insonlarni qo'llab-quvvatlaydi.

MYU klubi Angliya Milliy sog'liqni saqlash xizmati xodimlariga 60000 tayyor tushliklarni etkazib beradi. Bunda barcha harajatlar klub, "Manchester United Foundation", "Mealforce" va klub oziq-ovqat xizmati taminotchisi hisoblangan "Bidfood" tomonidan qoplanadi.


Tushliklar Manchesterning to'rt burchagiga jo'natiladi, ularning birinchi qismi bugun "Old Trafford"dan jo'natildi.


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: manutd.com