"Manchester Yunayted" forvardi "Boka Xuniors"ga o'tishga yaqin turibdi

Mirjalol Normatov
9 apr 2021
"Manchester Yunayted" forvardi Edinson Kavani jamoani tark etishi mumkin.

"ESPN" xabariga ko'ra, urugvaylik futbolchi "Boka Xuniors"ga o'tishga yaqin turibdi. U bilan klub prezidenti Xuan Roman Rikelmening shaxsan o'zi muzokaralar olib bormoqda.

Hujumchining MYU bilan shartnomasi 2021 yilning yoziga qadar mo'ljallangan. Uni yozda yana bir yilga uzaytirish imkoniyati mavjud.

Ushbu mavsumda futbolchi APLning 19 o'yinida 6 gol urdi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: ESPN