"Manchester Yunayted" egalari klubni astronomik summaga sotishga tayyor

Sherzod Nurmatov
14 okt 2022
"Manchester Yunayted" xo'jayinlari Joel va Avram Gleyzer (suratda) jamoani sotishga shay.

Manbaga ko'ra, amerikalik ishbilarmonlar Angliya klubi uchun 10 milliard dollardan ko'proq pul talab qilishmoqda. Agar bunday taklif tushmasa, Gleyzerlar klubga egalik qilishda davom etishadi.

Gleyzerlar 2005 yildan beri "Manchester Yunayted"ga egalik qiladi. Bu davr mobaynida klub 5 marta Angliya chempionligiga erishdi, bir marta Angliya Kubogini qo'lga kiritdi, to'rt marta Liga Kubogini oldi, olti marta Angliya Superkubogini yutdi, shuningdek, bir marta Chempionlar Ligasi va bir marta Yevropa Ligasida zafar quchdi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Daily Star