

Angliyaning "Manchester Yunayted" klubi dunyoning eng qimmat klubi deb topildi. Sportico sport biznesi nashri e'lon qilgan ma'lumotlariga ko'ra, MYUning qiymati 6,2 mlrd dollarni tashkil qiladi. Keyingi o'rinlarni "Real" ($ 6 mlrd), "Barselona" ($ 5,2 mlrd), "Liverpul" ($ 5,1 mlrd), "Bavariya" ($ 4,8 mlrd), "Manchester Siti" ($ 4,7 mlrd), "PSJ" ($ 4 mlrd), "Arsenal" ($ 3,9 mlrd), "Tottenxem" ($ 3,49 mlrd) va "Chelsi" ($ 3,47 mlrd) egallagan.

Ma'lumot uchun, "Manchester Yunayted" ayni vaqtda 54 ochko bilan APLning sakkizinchi pog'onasida ketmoqda.



