"Manchester Yunayted" darvozaboni Xenderson "Kristal Pelas"ga o'tdi

Omonjon To`xtamirzayev
1 sen 2023, 10:22
"Manchester Yunayted" kiperi Din Xenderson "Kristal Pelas" a'zosiga aylandi.

Bu haqida London klubi matbuot xizmati xabar berdi.

Futbolchi yangi klubi bilan 5 yillik shartnoma imzoladi.

MYU safida golkiper umumiy hisobda 29 ta o'yinda maydonga tushgan.

O'tgan mavsumni Xenderson "Nottingem Forest" tarkibida ijarada o'tkazgandi.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: cpfc.co.uk