"Manchester Yunayted" daromadi oshganini ma'lum qildi

Sherzod Nurmatov
26 fev 2026
Ser Jim Retkliff klubning egalaridan biri bo'lib kelganidan keyin "Manchester Yunayted" ichki xarajatlarni qisqartirish orqali go'yo "shok terapiyasi"ni boshladi.

"Qizil iblislar" rahbariyati bu choralar bejiz emasligini yana bir bor takidlamoqda.

Klub bosh direktori Omar Berradaning aytishicha, xarajatlar qisqargani fonida 2025/2026 mavsumining birinchi yarmida operacion foyda qariyb 33 mln funtgacha oshgan. Bu esa o'tgan hisobot davridagi qariyb 3 mln funtlik zarar bilan keskin farq qiladi.

Biroq shunga qaramay, klub qarzi hali ham o'sishda davom etyapti. Barcha qarz majburiyatlari hisobga olinsa, ko'rsatkich qariyb 1,3 mlrd funtdan ham oshib ketish arafasida. Bunga qurilishi kutilayotgan yangi stadion xarajatlari qo'shilmagan, unga kamida 2 mlrd dollar sarflashga to'g'ri keladi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Daily Echo