"Manchester Yunayted" chexiyalik hujumchini sotib olmoqchi

Sherzod Nurmatov
15 apr 2025
"Manchester Yunayted" rahbarlari yozgi transfer oynasida "Bayer" va Chexiya terma jamoasi hujumchisi Patrik Shikni qo'lga kiritishga harakat qilmoqchi.

Insayder Patrik Bergerning so'zlariga ko'ra, "qizil iblislar" 29 yoshli chexiyalik futbolchi bilan allaqachon muzokaralarni boshlab yuborishgan. "Bayer" o'z forvardini sotishdan 25-30 mln evro ishlab olishni rejalashtirmoqda. Shikning "farmacevtlar" bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning iyuniga qadar mo'ljallangan. 

Takidlash joizki, chexiyalikning o'zi Tumanli Albionda o'z kuchini sinab ko'rishga qarshi emas.

Eslatib o'tamiz, Patrik Shik joriy mavsum Germaniya chempionatida 26 o'yin o'tkazib, 17 ta to'p kiritdi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Yahoo Sports