"Manchester Yunayted" Bundesligadagi vingerga ko'z tikdi

Sherzod Nurmatov
2 yanv 2026, 19:59
"Manchester Yunayted" qishki transfer oynasi uchun yangi ustuvor maqsadini belgilab oldi.

"Daily Mail" ma'lumotlariga ko'ra, "qizil iblislar"ning asosiy maqsadi - "Leyptsig" vingeri Yan Diomande. U o'zining ajoyib tezligi, driblingi va hujumdagi universalligi bilan "Yunayted" skautlarining e'tiborini tortgan.

Futbolchi uchun kurash keskin bo'lishi kutilmoqda. "Qizil iblislar"dan tashqari "Tottenxem" va "Bavariya" ham vingerni diqqat bilan kuzatib bormoqda. Bu esa ehtimoliy bitim narxi va shartlariga sezilarli ta’sir ko'rsatishi mumkin. "Leyptsig" Diomande atrofidagi qiziqish oshib borayotganini yaxshi biladi va uni qo'yib yuborishga shoshilmayapti.

"Yunayted"ning Diomandega bo'lgan qiziqishi hujum chizig'idagi ehtimoliy o'zgarishlar bilan bog'liq. Joshua Zirkzee "Roma"ga ijara asosida, majburiy sotib olish sharti bilan o'tishga yaqin. Shuningdek, Kobbi Maynu "Napoli"ga ijaraga kyetish variantini ko'rib chiqmoqda.

Diomande joriy mavsum Germaniya jamoasi safida 16 o'yin o'tkazib, 7 ta gol urdi va 3 ta golli uzatma amalga oshirdi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Daily Mail