

Jurnalist Fabricio Romanoning yozishicha, ingliz klubi may oyidayoq og'zaki ravishda hujumchi bilan kelishib ulgurgan. Rasmusning o'zi ham "Manchester Yunayted"ni bolaligidan yaxshi ko'rgani sababli birdaniga rozilik bildirgan.
Oldinroq "Manchester Yunayted" 60 mln evro evaziga daniyalikni sotib olishi borasida ma'lumot bergandi. "Atalanta" ham hujumchisi uchun bu summa normal deb hisoblagan.



