"Manchester Yunayted" 1981 yilgi antirekordini yangiladi

Оқил Абдубарноев
23 may 2022
"Manchester Yunayted" APLning 38-turi doirasidagi "Kristal Pelas"ga qarshi bahsda (0:1) mag'lubiyatga uchraganiga qaramay, Yevropa ligasiga yo'l oldi.

“Qizil iblislar”ning omadi keldi, chunki yaqin taqibchisi “Vest Xem” “Brayton”ga yutqazdi (1:3).

Statistikaga ko'ra, bu natija "Manchester Yunayted"ning safardagi ketma-ket oltinchi mag'lubiyatidir. Oxirgi marta jamoa xuddi shunday natijani 1981 yilning mart oyida qayd etgandi.

Ralf Rangnik shogirdlarining to'plar farqi ijobiy emasligini (0) ko'rish mumkin, bu 1989/90 yilgi mavsumdan (-1) keyin ilk bor sodir bo'ldi.

Eslatib o'tamiz, "Manchester Yunayted" mavsumni oltinchi o'rinda yakunladi. Jamoani yangi mavsumdan Erik ten Xag boshqaradi.


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: Opta Sports