"Manchester Yunayted" 100 yoshli muxlisi uchun sovg'a yubordi

Mirjalol Normatov
17 dek 2019
"Manchester Yunayted" 7 dekabr kunida "Etixad"da "Manchester Siti"ni mag'lub etgandi.

Aynan o'sha kuni mankunianliklarning ashaddiy muxlisi Erik Nesbitt 100 yoshini qarshi oldi. Shu boisdan bir asrlik tug'ilgan kunini nishonlagan muxlisga Ole-Gunnar Sulsherning imzosi tushirilgan libos taqdim qilindi.


Qayd etish kerak, Erik 1930-1970 yillar davomida "Manchester Yunayted"ning barcha uy o'yinlariga tashrif buyurgan. Bundan keyingi barcha bahslarni esa esa televizor orqali tomosha qilgan.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: twitter.com/manutdesp