Angliya premer-ligasi 2-turidan o'rin olgan “Manchester Yunayted” – “Chelsi” (0:0) bahsi, Petr Chex uchun londonliklar safida gol o'tkazmasdan o'ynalgan 200-o'yin bo'ldi.
“200 ta golsiz o'yin – buni “Old Trafford”da qayd etganligimni inobatga oladigan bo'lsak, bu ajoyib ko'rsatgich. Men “Chelsi”da o'tkazgan barcha o'yinlarim singari bu o'yindan ham mamnunman”, - deydi Chex.