“Manchester Yunayted” Angliya terma jamoasining (U-21) 18 yoshli yarim himoyachisini sotib olmoqchi

“Derbi Kaunti” klubi yarim himoyachisi Uill Xyuz “Manchester Yunayted” klubi qiziqish doirasiga kirib qoldi.

“Qizil iblislar” qishki transferlar oynasi davrida, o'z saflarini Angliya yoshlar terma jamoasining 18 yoshli yarim himoyachisi bilan to'ldirishmoqchi, deb xabar beradi The Independent.

Hali yosh bo'lishiga qaramay Xyuz “Derbi” safida 50 ta o'yin o'tkazib ulgurgan.

Ushbu mavsumda yarim himoyachi “Derbi” safida 11 ta o'yin o'tkazib, 2ta gol va 1ta golli to'p uzatishni amalga oshirgan.


Manba: sports.ru