"Manchester Siti"ga "Inter" futbolchisi kerak

Alisher
1 may 2020
"Inter" himoyachisi Milan Shkrinyar hali ham "shaharliklar" qiziqishlari doirasida.

"Manchester Siti" hali hanuz Shkrinyarga qiziqmoqda, Milan klubi esa o'yinchining sotuvi bo'yicha 70 million evrodan boshlanadigan takliflarni ko'rib chiqishini ma'lum qildi.

25 yoshli markaziy himoyachi "Inter"ga 2017 yilning yozida "Sampdoriya"dan 34 million evro evaziga o'tgan edi.

Shkrinyar joriy mavsum "Inter" safida 32ta o'yinda maydonga tushdi.


AlisherMuallif
Manba: Calciomercato