"Manchester Siti" yarim himoyachisini ijaraga berib yubordi

Alisher
26 iyul 2019, 18:37
"Manchester Siti" xavbeki Yanxel Errera ispan klubiga ijaraga berildi.

21 yoshli venesuelalik futbolchi "Granada"ga ijara asosida yo'l oldi. Ijara muddati 1 yilni tashkil etadi.

Bu haqda klub rasmiy sayti xabar tarqatdi. Bitim shartlari esa oshkor etilmayapti.

Errera yakunlangan mavsumni "Ueska"da o'tkazdi. U bu vaqt davomida 16ta o'yinda maydonga tushgan.

Eslatib o'tamiz, futbolchi yaqindagina yakuniga etgan Kopa Amerika musobaqasida Venesuela tarkibida harakat qildi.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/granadacdef