"Manchester Siti" Xolandni qo'lga kiritish uchun barcha say-harakatlarni ishga soladi

Sherzod Nurmatov
1 fev 2022
Norvegiya terma jamoasi va "Borussiya" Dortmund hujumchisi Erling Xoland faoliyatini qayerda davom ettirishi hamon noaniqligicha qolmoqda.

Jurnalist Sem Liga ko'ra, "Manchester Siti" norvegiyalik forvard transferiga qiziqib qolgan va uni qo'lga kiritish uchun barcha say-harakatlarni ishga soladi.

Biroq manbaning qo'shimcha qilishicha, "shaharliklar" Xolandning shaxsiy tanlovi "Real Madrid" ekanligini yaxshi bilishadi.

Xoland joriy mavsumda Bundesligada 14 o'yin o'tkazib, 16 ta gol urdi hamda 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: The Athletic

O'xshash yangiliklar