"Manchester Siti" Xoland variantini ko'rib chiqmoqda

Alisher
14 dek 2020
"Borussiya" (Dortmund) hujumchisi Erling Xoland "Manchester Siti" qiziqishlari doirasida.

"Shaharliklar" hali shartnomasi uzaytirilmayotgan Serxio Agueroga o'rinbosar izlamoqda. Angliyaliklar norvegiyalik o'yinchining variantini ko'rishmoqda.

"Arilar" esa o'yinchini yaqin orada qo'yib yuborishmoqchi emas. Oldinroq "Borussiya" sport direktori klubning 20 yoshli forvard bilan uzoq muddatli rejalari borligini aytgan edi.

Xoland joriy mavsum barcha musobaqalarda 14ta o'yinda maydonga tushib, 17ta gol va 3ta assist qayd etdi.


AlisherMuallif
Manba: Goal