"Manchester Siti" turnega to'rt futbolchisini olib kyetmadi

Mirjalol Normatov
17 iyul 2022, 01:45
Pep Gvardiola AQSHdagi turneda optimal tarkibi bilan ishtirok eta olmaydi.

BBC xabariga ko'ra, "shaharliklar" futbolchilari Jon Stouns, Emerik Laport, Fil Foden va Ilkay Gyundogan Angliyada qolgan. Ushbu futbolchilar AQSHga kirish uchun talab qilinadigan vakcinaciya kurslarida to'liq qatnashmagani sababli okean orti mamlakatiga kiritilmaydi.

Eslatib o'tamiz, AQSHdagi turne doirasida "Man Siti" 21 iyul kuni Nyustonda "Amerika", 23 iyulda esa Gri-Beyda "Bavariya"ga qarshi o'ynaydi. 30 iyul kuni jamoani "Liverpul"ga qarshi Angliya Superkubogi uchun bahs kutib turibdi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: BBC