"Manchester Siti" Sterlingga o'rinbosar topdi

Alisher
17 noya 2021
"Manchester Siti" rahbariyati jamoadan yanvarda ketmoqchi bo'layotgan yarim himoyachi Rahim Sterlingni ushlab qolmoqchi emas.

Angliyalikning xizmatlariga "Barselona" qiziqish bildirmoqda, o'yinchining o'zi esa "Liverpul"ga qaytmoqchi.

Shu sabab "shaharliklar" unga o'rinbosar izlashmoqda. Angliya chempioni "RB Leyptsig"ning ispaniyalik xavbeki Dani Olmoni nishonga oldi.

O'yinchining narxi 50 mln evroga baholanmoqda, uning "buqalar" bilan shartnomasi 2024 yilning yoziga qadar mo'ljallangan. 23 yoshli futbolchi joriy mavsum Bundesliga doirasida 4ta o'yin o'tkazdi.


AlisherMuallif
Manba: Transfer news live