"Manchester Siti" "Leyptsig" xavbekiga qiziqish bildirmoqda

Sherzod Nurmatov
11 noya 2021, 20:53
"Leyptsig" yarim himoyachisi Kristofer Nkunku Angliyaga ko'chib o'tishi mumkin.

23 yoshli fransiyalikning xizmatlariga "Manchester Siti" qiziqmoqda. 

Xabar berishlaricha, Angliya jamoasi xavbekni yozgi transfer oynasida qo'lga kiritish ustida ishlamoqda.

Nkunku ushbu mavsumda Bundesligada 11 o'yinda ishtirok etib, 5 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani qayd etdi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Bild