"Manchester Siti" "Inter" futbolchisi uchun taklif tayyorlamoqda

Alisher
6 mar 2020
"Manchester Siti" "Inter" rahbariyatiga himoyachi Milan Shkrinyarni sotib olish bo'yicha taklif tayyorlamoqda.

Oldinroq, "shaharliklar" milanliklarga slovakiyalik futbolchi borasida 65 million evrolik taklif berishgan edi.

"Inter" Shkrinyarni "Siti"ga sotmadi va unga 85 million evrolik narx qo'ydi. Qayd etish kerakki, angliyaliklar italiyaliklarning moliyaviy ehtiyojlarini qondirishga tayyorlar.

Himoyachi joriy mavsum A Seriya doirasida 23ta o'yinda maydonga tushib, 6ta sariq kartochka olgan.


AlisherMuallif
Manba: Calciomercato