"Manchester Siti" futbolchisi Yevropaning boshqa bir TOP klubiga o'tishi mumkin

Khoja
10 mar 2026
"Manchester Siti"ning yarim himoyachisi Bernardu Silva PSJ klubini qiziqtirmoqda.

"Shaharliklar" yarim himoyachisining shartnomasi yozda tugaydi va uni uzaytirish bo'yicha muzokaralar hozircha olib borilmayapti. Bu haqda jurnalist Ekrem Konur X (Twitter) tarmog'ida xabar qildi.

Manba ma'lumotlariga ko'ra, 31 yoshli portugaliyalik futbolchiga "PSJ" qiziqish bildirmoqda va mavsum yakunidan so'ng uni erkin agent sifatida imzolash imkoniyatini ko'rib chiqmoqda. Bundan tashqari, Bernardu Silva ortidan turkiyaning "Galatasaray" va Kataloniyaning "Barselona" klublari ham kuzatmoqda.

Bernardu Silva 2017 yildan buyon "Manchester Siti"da o'ynab kelmoqda. Joriy mavsumda u klub uchun barcha turnirlarda 38 ta o'yin o'tkazib, 2 ta gol urdi va 5 ta golli uzatma berdi. Transfermarkt portali ma'lumotlariga ko'ra, futbolchining bozor narxi 27 million evro.


KhojaMuallif
Manba: championat.com